Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaiti milliy terma jamoasi
16:29 / 2026-03-10

XX asrning o‘rtalariga kelib, jamoa mintaqaviy musobaqalarda ishtirok eta boshladi va o‘z o‘yin uslubini shakllantira oldi.

Jahon chempionati-2026ning "C" guruhidan Braziliya, Marokash va Shotlandiyadan tashqari Gaiti terma jamoasi ham joy olgan.

Gaiti terma jamoasi tarixi

Karib hududida joylashgan kichik Gaiti davlati futbol bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. Gaiti futbol federatsiyasi 1904-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u 1933-yilda FIFAga rasman a’zo bo‘lgan. Bu mamlakat futbolini xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochib berdi. XX asrning o‘rtalariga kelib, jamoa mintaqaviy musobaqalarda ishtirok eta boshladi va o‘z o‘yin uslubini shakllantira oldi.

Terma jamoa tarixidagi ilk rasmiy o‘yin 1925-yilda Kubaga qarshi o‘tkazilgan. Eng yirik  

Gaiti jamoasi o‘z tarixida bir qator keskin natijalar qayd etgan. Ularning eng yirik g‘alabasi 2010-yilda Surinam ustidan 7:0 hisobida qayd etilgan. Eng yirik mag‘lubiyat esa 1954-yilda Meksikaga qarshi 0:8 hisobida qabul qilingan.  

Jahon chempionatidagi ishtiroki

Gaiti terma jamoasining tarixiy eng katta yutug‘i — bu 1974-yil Germaniyada o‘tkazilgan Jahon chempionatidagi ishtirok hisoblanadi. Karib mintaqasidan JCHga chiqish oson emas, lekin o‘sha yilgi Gaiti jamoasi kuchli raqobatni yengib, o‘z yo‘lini oxirigacha bosib o‘tgan.

Jahon chempionatida Gaiti qiyin guruhga tushgan bo‘lsa-da, ular tomoshabop o‘yin ko‘rsatishni uddaladi. Italiya, Polsha va Argentinaga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishgan, ammo Polshaga qarshi uchrashuvda Emmanel Sanonning urgan go‘zal goli tarixda qolgan. U gol futbol afsonalaridan biri — Dino Zoffning 1140 daqiqalik quruq seriyasini buzishi  bilan alohida ahamiyatga ega.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi va to‘purar

Gaiti terma jamoasining eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchisi Richard Bruni hisoblanadi. U terma jamoa safida 95ta uchrashuvda maydonga tushgan.  Eng yaxshi to‘purar esa Dukken Nazon sanaladi. U milliy terma jamoa safida 44ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.  

Eslatib o‘tamiz, Gaiti mundialdagi ilk uchrashuvini 13-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o‘tkazadi. 2-turda Braziliya bilan 19-iyun kuni kuch sinashsa, so‘nggi turda 24-iyun sanasida Marokashga qarshi maydonga tushadi.