Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaiti bosh vaziri korteji o‘qqa tutildi
15:50 / 2021-10-19

Gaitida jinoyatchilik shu darajaga yettiki, hatto mamlakat bosh vaziri Ariel Anri ketayotgan kortej ham uyushgan jinoyatchi guruhlar tomonidan o‘qqa tutildi. Qurollangan jinoyatchilar uni milliy qahramon Jan-Jak Dessalinni xotirlash marosimiga ketayotganda o‘qqa tutgan, deb xabar bermoqda REN TV kanali.

Voqedan bosh vazir jabr ko‘rmagan, lekin uning tadbirga kelishi bir necha soatga cho‘zilgan. Bu paytda jinoiy guruhlarning ayrim vakillari tadbirga hukumat rahbaridan oldin yetib kelib, namoyishkarona Dessalin yodgorligi poyiga gul qo‘ygan.