French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gaiti Bosh vaziri iste’foga chiqadimi?
13:30 / 2024-03-12

2021-yil Prezident o‘ldirilgandan beri mamlakatni boshqarib kelgan 74 yoshli arbob – Ariel Genri dushanba kuni video orqali murojaatida muvaqqat hukumat boshlig‘i tayinlangach, iste’foga chiqishini bildirdi.

– Barcha gaitiliklardan xotirjam bo‘lish, tinchlik va barqarorlikka erishish uchun qo‘llaridan keladigan barchasini qilishlarini so‘rayman, – degan mamlakat tashqarisidagi rahbar.

Hozir Puerto-Rikoda qolayotgan Genriing vatanga qaytishiga qurolli to‘dalar to‘sqinlik qilmoqda. U Keniyaga safar qilgan vaqt to‘da boshi Jimmi Cherize agar Bosh vazir lavozimiga qaytsa fuqarolik urushi boshlanishidan ogohlantirgan.

Karib havzasi hamjamiyati mintaqaviy rahbarlari dushanba kuni Yamayka yaqinida AQSHning tezlatish chaqirig‘i ortidan favqulodda sammit o‘tkazdi. Ishtirokchilar Gaitida ortga surilib kelayotgan saylov va amaldagi siyosiy tizim haqida gaplashgan. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan yig‘ilishda Genri yo‘q edi. Gayana Prezidenti, hamjamiyat raisi Muhammad Irfon Ali muzokara mintaqadagi eng qashshoq davlatga barqarorlik olib kelishiga ishonmoqda.