Gaagada Belarus elchixonasiga hujum uyushtirildi
Gaagada joylashgan Belarus elchixonasi hujumga uchradi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti”. Voqea tunda yuz bergan. Buzg‘unchilar devorga qora va qizil buyoqda chizib tashlagan. Bundan tashqari binoning bir necha oynasi chil-parchin qilingan.
Ayni payt elchixona xodimlari devorni tozalayapti. Ta’kidlanishicha, politsiya gumondorlardan birini hibsga olgan, surishtiruv davom etyapti. Belarusning Niderlandiyadagi elchixonasi voqea yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.