G7 va YeI Rossiya neftini dengiz orqali tashishni taqiqlamoqchi
Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari RF neftini dengiz orqali tashishni to‘liq taqiqlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, bu rasmiy Moskvaning neft daromadlarini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi, chunki “qora oltin”dan tushgan daromadlar Ukrainadagi nizoni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilmoqda, deb yozdi “Reuters” axborot agentligi.
Taqiq Rossiya neftining uchdan bir qismini eksport qilishni to‘xtatishi mumkin, bu neft asosan G‘arb yuk tashish kompaniyalari orqali Hindiston va Xitoyga yetkazib beriladi.
Manbalarga ko‘ra, ushbu taqiq Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi qaratilgan navbatdagi sanksiyalarining bir qismi bo‘lishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA