Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G7 sammiti masalalari ma’lum
11:04 / 2023-12-06

6 dekabrda boshlanadigan G7 mamlakatlari yetakchilarining virtual rejimdagi sammiti yil yakunlariga, xususan Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatga hamda sun’iy intellekt mavzusiga bag‘ishlanadi, dedi Yaponiya hukumati bosh kotibi Xirokazu Matsuno.

– Bugun G7 sammiti telekonferensiyasida muhim xalqaro muammolar, jumladan Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyat, sun’iy intellekt va boshqa masalalar muhokama qilinadi, o‘tayotgan yilda qilingan ishlar, G7 doirasidagi o‘zaro yaqin hamkorlik ko‘rib chiqiladi, – degan mulozim “TV Tokyo” namoyish qilgan ko‘rsatuvda.

Avvalroq Oq uy AQSH Prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni shtatlarning Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalasidagi noaniqlik sharoitida G7 yetakchilari bilan virtual uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qilgan edi. Xabarda tadbir jurnalistlar uchun yopiq sharoitda o‘tishi ta’kidlangan.