G7 mamlakatlari yetakchilari Ukraina masalasida uchrashuv o‘tkazadi
Uchrashuv onlayn-konferensiya tarzida o‘tadi, deb xabar berdi Yaponiyaning “Jiji” agentligi.
“Ma’lum bo‘ldiki, “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari yetakchilari 3 oktyabr kuni videokonferensiya o‘tkazadi”, - deb yozgan agentlik Yaponiya hukumati vakiliga tayanib.
Xabarda ta’kidlanishicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida qatnashadigan ushbu tadbirda ishtirokchilar Rossiyaga qarshi sanksiya hamda Ukrainaga yordamni davom ettirish masalasini muhokama qiladi.