Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G7 mamlakatlari 22 dekabrda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi
13:53 / 2022-12-22

“Katta yettilik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 22 dekabrda onlayn rejimida uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda Ukraina bilan bog‘liq so‘nggi voqealar muhokama qilinishi va kelgusida ko‘riladigan choralar bo‘yicha fikr almashish kutilmoqda, deyiladi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.

"22 dekabar kuni Yaponiya vaqti bilan soat 15:30da G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv boshlanadi. Qariyb bir soatga cho‘ziladigan uchrashuv onlayn tartibda bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiya tashqi ishlar vaziri  Yosimasa Xayasi ishtirok etadi", – deyiladi  bayonotda.  

Uchrashuvda tomonlar Ukrainadagi so‘nggi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi, kelgusida ko‘riladigan  choralar haqida fikr almashadi hamda mamlakatlar “katta yettilik” a’zosi sifatida hamkorlikni rivojlantirish zarurligini tasdiqlashi lozim", deyiladi xabarda.