Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G7 davlatlari Xitoyni intellektual mulklarni o‘g‘irlashni bas qilishga chaqirdi
12:45 / 2023-04-18

Yaponiyada G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma rezolyutsiyada Xitoyni intellektual mulklarni o‘g‘irlashdan tiyilib turishga chaqirildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz Xitoyni o‘z zimmasiga olgan majburiyatga amal qilishga, kiberkengliklarda mas’uliyat bilan harakat qilishga, shuningdek, intellektual mulklarni o‘g‘irlashdan  yoki tijoriy foyda olish maqsadida  kiber vositalardan  foydalanishdan o‘zini tiyishga chaqiramiz”, – deyiladi murojaatda.

G7 tashqi ishlar vazirlari Xitoyni “xalqaro hamjamiyatning mas’uliyatli a’zosi kabi harakat qilishga chaqiradi”, deyiladi hujjatda.

“Biz dunyo iqtisodiyotini hamda  odamlar orasida  o‘zaro foydali aloqalarni tiklash va muloqotlar vositasida konstruktiv va barqaror munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun birga ishlashga tayyormiz. Barcha mamlakatlar, jumladan, Xitoy bilan birgalikda shaffof, odindan ma’lum va adolatli biznes-muhitni yaratish tarafdorimiz. Qonuniy tijorat faoliyati va xorijiy kompaniyalar manfaatlarini g‘irromlik, va noxalol raqobat hamda  bozor talablariga mos bo‘lmagan tajribalardan, jumladan, texnologiyalarni noqonuniy berib yuborish yoki bozorga kirish uchun ma’lumotlarni oshkor qilish kabi amaliyotlardan  himoya qilishimiz kerak”, – degan “katta yettilik” mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari mazkur hujjatda.