English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G7” davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlarga 2,3 milliard dozadagi vaksina yetkazadi
11:38 / 2021-06-14

“G7” sammiti yakunlariga ko‘ra, davlatlar rahbarlari rivojlanayotgan mamlakatlarni 2022 yilning oxirigacha 2,3 milliard dozadagi vaksina bilan ta’minlash rejasini bayon qildi, deyiladi “INTERFAX.RU” xabarida.

“Bloomberg”da qayd etilishicha, hozircha vaksina yetkazishda “yettilik” davlatlarining hissasiga aniqlik kiritilmagan.  

Buyuk Britaniya kelasi yilda 100 million, Kanada 100 million dozadagi vaksina ta’minotiga va’da bergan.  

Shuningdek Yevroittifoq davlatlari ham shuncha vaksina yetkazishni ma’lum qilgan.

Avvalroq, Germaniya kansleri Angela Merkel vaksinaning global ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash lozimligini aytgandi.