Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G7 davlatlari Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi
18:46 / 2021-08-25

Buyuk Britaniya raisligida Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan G7 davlatlari sammiti bo‘lib o‘tdi, bu haqda GOV.UK nashri xabar berdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda BMT Bosh kotibi A.Guterrish va NATO Bosh kotibi J.Stoltenberg ishtirok etgan.

Norasmiy xalqaro klub virtual sammit natijalari bo‘yicha bayonot berdi. Unga ko‘ra, hujjat G7ning Afg‘oniston xalqiga sodiqligini va BMT Xavfsizlik Kengashining 16 avgustdagi bayonotini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.

– Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirdamiz, afg‘onistonlik va xalqaro fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda gumanitar inqirozning oldini olish uchun barchani sabr qilishga chaqiramiz. Har qanday holatda ham xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishimiz kerak, – deyiladi bayonotda.

Ma’lum bo‘lishicha, G7 davlatlari Afg‘onistondagi gumanitar muammolarni hal qilish doirasida qo‘shni va mintaqaning boshqa davlatlari bilan hamkorlikni oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, G7 – Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSHni birlashtiruvchi norasmiy xalqaro klub hisoblanadi.