Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G20 yetakchilari umumiy deklaratsiyani qabul qiladimi?
23:32 / 2025-11-22

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa bayonot berishicha, G20 yetakchilari sammiti ishtirokchilari, garchi AQSH qarshi chiqqan bo‘lsa-da, yig‘ilishning umumiy deklaratsiyasini qabul qilish niyatida.

— Qator delegatsiyalar bilan muzokaralar chog‘ida hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalardan biri deklaratsiya qabul qilish ekanligi to‘g‘risida mutlaq kelishuvga erishildi, — dedi u ochilish marosimida. — Men G20 sammiti rahbarlari taklif etgan hujjatni taqdim etmoqchiman.
Avvalroq AQSH sammitning jamoaviy deklaratsiyasini tan olmasligini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Donald Tramp avvalroq Janubiy Afrikada forum o‘tkazishni butunlay sharmandalik, deb bilishini ma’lum qilgan. "Oq tanli aholi huquqi poymol qilinayotgani sababli" Janubiy Afrikadagi G20 sammitida Amerika hukumatidan hech kim qatnashmoqchi emasligini ta’kidlagandi.

G20 sammiti 22-23 noyabr kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tmoqda.

“Kuchli yigirmalik guruhi”ga 19 davlat a’zo: Rossiya, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Janubiy Afrika, Yaponiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Afrika Ittifoqi.

G.Sattorova, O‘zA