Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar Vetnamga boradi
19:43 / 2016-05-31

Namanganda sohil kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Namanganda sohil kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Kattalar o‘rtasida Namangan viloyati vakillari Kumushxon Xo‘jayeva, Munira Karimova, Mushtariy Yo‘lchiyeva, Buxoro viloyatidan Mirjon To‘xtaboyev, Samarqand viloyatidan Behzod Karimov, Navoiy viloyatidan Gullola Norqulova, Xorazm viloyatidan Nodira Jumaniyozova o‘z vazn toifasida chempionat shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

1996-1997-yillarda tug‘ilgan yoshlar va qizlar o‘rtasidagi bahslarda namanganlik Muxlisa Abdumalikova, Maftuna Jo‘raboyeva, samarqandlik Jahongir Norqobilov, Sarvinoz Esonova, Toshkent shahridan Ramazon Tursunbetov, Andijon viloyatidan Zamira To‘g‘onboyeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Chempionatning eng yosh ishtirokchilari – 1998-2000-yillarda tug‘ilgan yoshlar bellashuvida namanganlik Marjona Mahmudova, Mahliyo Yo‘ldosheva, Ozoda Jo‘rayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Rahad Manbekboyev, Toshkent shahridan Dovudxon Karomatov, Surxondaryo viloyatidan Mohinur Mo‘minova, Farg‘onadan Mohinur Pirnazarova chempionat shohsupasiga ko‘tarildi.

G‘oliblar shu yilning iyul oyida Vetnamda bo‘lib o‘tadigan sohil kurashi bo‘yicha jahon chempionatida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.