Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar Tailandga boradi
16:32 / 2014-07-01

Namanganda 13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Namanganda 13-14 yoshli o‘smirlar o‘rtasida muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 147 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan janglar yakuniga ko‘ra, Namangandan Jasur Abdurahimov, Bobur Hakimjonov, Abdulbosit Abdulahadov, Rahim Boltaboyev, Samarqanddan Dilshod Ne’matov, Islom Abdukarimov, Xorazmdan Aziz Madaminov, Andijondan Omad Komilov, Toshkent shahridan Nodir Komilov, Aziz Lutfullayev, Muhammad Mamatov, Abdulbori Yunusov, Abdullo Norboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Islom Mirniyazov o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar shu yilning oktabr oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.