Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi
11:27 / 2017-11-21

Andijon qishloq xo‘jaligi institutida “Yosh fermer – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Andijon qishloq xo‘jaligi institutida “Yosh fermer – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi va qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tanlov izlanuvchan, tashabbuskor, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 yosh ishtirokchi fermer xo‘jaligi iqtisodiyoti va infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, boshqaruv, buxgalteriya hisobi, huquqiy yo‘nalishlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha olib borayotgan ishlari, bilim va salohiyatini namoyish etdi.

Izboskan tumanidagi “Yakkatut Abdullajon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Abbosbek Hojimatov g‘olib, deb topildi. Oltinko‘l tumanidagi “Davron Temur imkon fayz” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari D.Nizomiddinov ikkinchi, Asaka tumanidagi “Zamin mirishkorlari” fermer xo‘jaligi rahbari O.Ortiqxo‘jayev uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovda “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan yosh fermer”, “Eng tashabbuskor yosh fermer”, “Innovatsion loyiha yaratgan yosh fermer” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

– Xo‘jaligimizda 50 dan ziyod kishi mehnat qiladi, – deydi “Yakkatut Abdullajon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari A.Xojimatov. – Xo‘jaligimizda paxta va g‘alla yetishtirish bilan birga, sholichilik, asalarichilik, chorvachilik yo‘lga qo‘yilgan, Polshadan 70 bosh zotli qoramol olib kelganmiz. Ayni paytda o‘zimiz yetishtirayotgan sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz. Bu xo‘jaligimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Tadbir doirasida viloyatdagi yosh fermerlar tomonidan yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo‘rgazmasi tashkil etildi.