Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar finalda bahslashadi
17:42 / 2015-04-27

Nukusda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarining qo‘l to‘pi bo‘yicha saralash musobaqalari tashkil etildi. Unda Toshkent shahri va barcha viloyatlardan kelgan 14 jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

– Musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, – deydi musobaqa hakami Bobur Latipov. – Zamonaviy sport zallari va barcha qulayliklarga ega mehmonxona ishtirokchilar ixtiyorida. Turli ko‘ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari yosh sportchilarga manzur bo‘ldi. Eng muhimi, barcha jamoalar juda yaxshi tayyorgarlik bilan kelganini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri o‘quvchilari, qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlari jamoalari “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarining final bosqichiga yo‘llanma oldi.