G‘oliblar aniqlandi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada tajribali chavandozlar bilan birga yosh sportchilar konkur – to‘siqlardan ot sakratish bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Balandligi 150 santimetrlik to‘siqlardan ot sakratish bahsida Toshkent viloyatidan A’zam Tolibboyev birinchi, poytaxtlik G‘ayrat Nazarov ikkinchi va samarqandlik Umid Komilov uchinchi o‘rinni egalladi.
Balandligi 130 santimetrlik to‘siqlardan ot sakratishda namanganlik Sardor Turg‘unboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Umid Komilov ikkinchi, Vladimir Shmelyov (Samarqand viloyati) uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
12-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida 120 santimetr balandlikdan ot sakratish musobaqalarida toshkentlik Abdushukur Sobirjonov ikki ot bilan qatnashib, birinchi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Poytaxtlik Saidamirxon Turg‘unboyev uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.