Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar aniqlandi
16:52 / 2014-07-15

Qarshi shahridagi “Binokor” stadionida “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy respublika turnirining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Qarshi shahridagi “Binokor” stadionida “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy respublika turnirining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

“Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari, xalq ta’limi boshqarmalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada o‘nga yaqin jamoa ishtirok etdi. 

Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida 9-10, 11-12, 13-14 yoshli bolalar o‘rtasida Shahrisabz tumanidagi G‘afur G‘ulom, G‘uzor tumanining G‘armiston, Qarshi shahridagi Naqshab mahallalari jamoalari g‘olib chiqib, bellashuvning yakuniy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

– O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Yorqul Tursunov. – O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ana shu maqsadga xizmat qiladi. Bolalarning yozgi ta’til vaqti mazmunli o‘tishini ta’minlash, yangi-yangi iste’dodlarni kashf etish imkonini bermoqda.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning maxsus sovg‘alari topshirildi.