Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar aniqlandi
20:10 / 2015-04-17

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida boks bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida institut ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida boks bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida institut ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mamlakatimiz va Qozog‘istondan jami yuz nafardan ziyod charm qo‘lqop ustasi kuch sinashdi.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda institut talaba-sportchilari Abror Ro‘zmatov, Abdulaziz Mamasoliyev, Qudratillo Abduqahhorov, Javlonbek Qurbonov, Shohjahon Ergashev, samarqandlik Aziz Shukurov, namanganlik Mansur Ismatullayev, jizzaxlik Usmonbobo Botirov, qozog‘istonlik Ermek Madiyev, Dulat Bekbauov o‘z vazn toifasida g‘alaba qozondi.

Qizlar o‘rtasida Gulasal Ataqulova, Muborak Kamolova, Halimaoy Halimova, Shahnoza Nizomova shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.