Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda
17:19 / 2016-05-27

Farg‘ona shahrida oliy o‘quv yurtlari talabalarining “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalarida suzish, yengil atletika, og‘ir atletika va yunon-rum kurashi bahslarida dastlabki g‘oliblar aniqlandi.

Farg‘ona shahrida oliy o‘quv yurtlari talabalarining “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalarida suzish, yengil atletika, og‘ir atletika va yunon-rum kurashi bahslarida dastlabki g‘oliblar aniqlandi.

Farg‘ona davlat universiteti suzish havzasida o‘tgan suzish musobaqalarida oltin medalni suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va mamlakatimizning ko‘p karra rekordchisi, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi sohibasi, andijonlik R.Omonova qo‘lga kiritdi. Iste’dodli sportchi 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha marraga birinchi kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ra’no Omonova uch bosqichli uzluksiz sport tizimining barcha bo‘g‘inlarida – 2006-yili Qarshida o‘tgan “Umid nihollari”, 2011-yili Termizda o‘tgan “Barkamol avlod” va 2013-yili Buxoroda o‘tgan Universiada musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

– Prezidentimizning Universiada ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi biz, yoshlarni ruhlantirib yubordi, kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi, – deydi R.Omonova. – Yurtboshimiz tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan uch bosqichli sport musobaqalari barkamol bo‘lib voyaga yetishimiz, ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Universiada musobaqalari Olimpiya o‘yinlari oldidan tajribamni yana bir marta sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.

Suzishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 50, 100 va 200 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan poytaxtlik Artyom Puxnatiy, Vladislav Mustafin, Daniil Bukin, navoiylik Xurshid Tursunov, Zilola Boliboyeva, Alyona Tomina, sirdaryolik Gulnora Rahimova ham birinchi o‘rinni egalladi.

400 metrga estafeta musobaqasida Artyom Puxnatiy, Daniil Bukin, Vladislav Mustafin va Islom Aslonovdan iborat Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

“Istiqlol” stadionida o‘tayotgan yengil atletika bahslari ham keskin va murosasiz bo‘lmoqda. Yadro uloqtirish musobaqasida namanganlik Shahriyor Jahongirov va poytaxtlik Olga Gluxopkina birinchi, andijonlik Bahodir Turg‘unov va namanganlik Dilshoda Aminova ikkinchi, samarqandlik Nikolay Rozanov va qoraqalpog‘istonlik Guljahon Genjemurodova uchinchi o‘rinni egalladi. 

2 (2).jpg

1500 metrga qizlar o‘rtasida o‘tgan yugurish bahslarida poytaxtlik Kumushoy Matyoqubova oltin, namanganlik Nurxon Muhiddinova kumush, andijonlik Hilola Erkinova bronza medal bilan taqdirlandi.

Viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tgan bahslarda andijonlik Ro‘zimurod Aslonov, Fayzulla Nabiyev, buxorolik Rustam Latipov, Sardor Do‘stmurodov, Toshkent viloyatidan Alisher Abdullayev, samarqandlik Muhammad Begaliyev, xorazmlik Farhodbek Sobirov va qoraqalpog‘istonlik Rustam Jangaboyev o‘z vazn toifasida tengsiz, deb topildi.

– Prezidentimiz “Universiada – 2016” ishtirokchilariga tabrigida biz, yoshlarga samimiy mehr va ishonch bildirib, bellashuvlarda omad va zafarlar tilagani zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi M.Begaliyev. – Niyatimiz – xalqaro maydonlarda Prezidentimizning, xalqimizning bizga bildirgan yuksak ishonchini oqlash va yuksak ko‘rsatkichlarga erishishdir.

Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilgan yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda toshkentlik Feruz To‘xtayev, buxorolik Mirzabek Rahmatov, farg‘onalik Diyor Sharipov va qashqadaryolik Jahongir Turdiyev o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.