Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘olib – mamlakat bosqichida
13:27 / 2015-04-20

Buxoroda futbol bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Kamolot” kubogi” turnirining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda futbol bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Kamolot” kubogi” turnirining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada Buxoro, Termiz, Qarshi davlat universitetlari hamda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan turnir finalida Navoiy va Surxondaryo viloyatlari talabalari maydonga tushdi. Uchrashuv g‘olibi penaltilar bo‘yicha aniqlandi. Unda Navoiy davlat pedagogika instituti futbolchilari5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘olib jamoa turnirning mamlakat bosqichida qatnashadi.