English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“G-Core” kompaniyasi bilan hamkorlik kengaytiriladi
07:41 / 2023-09-30

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “G-Core” kompaniyasi jamoatchilik va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha global direktori Piter Sodermans hamda kompaniya bosh menejeri Gleb Grigorian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda “G-Core”ni kengaytirish rejalari haqida qisqacha ma’lumot berildi.

Shuningdek, hamkorlik masalalari, O‘zbekiston hududida “G-Core” bulutli xizmatlarini taqdim etish, kompaniya xizmatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: “G-Core” kompaniyasi ommaviy bulutli va kompyuter xizmatlari, kontentni rivojlantirish, xosting va xavfsizlik yechimlari bo‘yicha xalqaro miqyosda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya korporativ darajadagi korxonalarni birinchi darajali bulutga asoslangan xizmatlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan global infratuzilmani boshqaradi.

Kompaniyaning bosh ofisi Lyuksemburgda joylashgan bo‘lib, hozirda Vilnyus, Krakov, Belgrad, Nikosiya, Tbilisi, Toshkent, Manila, Seul va Tokioda ofislari mavjud.

N.Rahmonova, O‘zA