French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"G 20" mamlakatlari eng qashshoq davlatlarga 14 milliard dollar mablag‘ ajratdi
13:50 / 2020-11-23

"Katta yigirmatalik" mamlakatlari koronavirus pandemiyasi davridagi qarz yukini yengillashtirish uchun dunyoning eng qashshoq davlatlariga 14 milliard dollar mablag‘ ajratdi.

Bu haqda Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi  Muhammad bin Salmon  raisligida o‘tkazilgan "G 20"  sammiti yakunida ma’lum qilindi.

"Biz pandemiya  sabab o‘nlab yillik taraqqiyoti  xavf ostida qolgan dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga favqulodda yordam ko‘rsatamiz. Qarzni to‘lashni to‘xtatib turish tashabbusi doirasida aholisi bir milliarddan oshiq bo‘lgan davlatlar uchun 14 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ ajratdik. Kuchimiz birlikda ekanligini isbotlaymiz", – dedi Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida "Katta yigirmatalik"  dunyoning eng qashshoq davlatlariga tashqi suveren qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni  yil oxirigacha to‘xtatib turish imkoniyatini bergan edi.  

Keyinroq esa guruhga a’zo mamlakatlar moliya vazirlari tashabbusi bilan qashshoq mamlakatlarning qarzlarni to‘lash muddatini   2021 yil iyungacha uzaytirishni ma’qullangan edi.