FVV kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy kitoblar taqdim etildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dunyoda shiddatli geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilayotgani, mafkuraviy xurujlar tobora avj olib tahdidlarga aylanayotgani, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan nazariy bilimlar berildi.
Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan FVVning kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA