French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FVV Akademiyasi "Vazir kubogi" final bosqichiga yo‘l oldi
16:38 / 2025-04-08

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ommaviy jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari bilan keng shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida har yili mini futbol bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Shunga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida voleybol va mini futbol bo‘yicha musobaqalarning saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mini futbol bo‘yicha musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, FVV Akademiyasi terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahar FVB terma jamoasi ikkinchi, Sirdaryo viloyati FVB terma jamoasi uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

Shuningdek, sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, FVV Akademiyasi terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Toshkent shahar FVB terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sirdaryo viloyati FVB terma jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Mazkur musobaqada FVV Akademiyasi terma jamoasi Navoiy shahrida 11-12 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA