FVV akademiyasi kursanti xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
“Amirsoy” dam olish maskanida “BEFIT RACE” - yirik sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalqaro turnir maqomida o‘tgan mazkur musobaqada 9 ta davlatdan 850 nafar ishtirokchi va 75 ta jamoa qatnashib, o‘zaro g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib bordi.
Musobaqa dasturiga 10 km, 5 km va 3 km masofalarda yakkalik bahslari hamda jamoaviy bellashuvlar kiritilgan bo‘lib, unda nafaqat shaxsiy mahorat, balki jamoaviy ruh ham namoyon bo‘ldi.

Ayniqsa, musobaqaning “3 km open” yo‘nalishida o‘zining matonati, kuchi va tezkorligi bilan ajralib chiqqan FVV akademiyasi 3-batalon kursanti Doniyor Xushvaqtov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA