Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimizning raqiblari aniq bo‘ldi
14:39 / 2025-02-06

Xitoyda futzal bo‘yicha “Osiyo kubogi-2025” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "A" guruhida mezbon Xitoy, Avstraliya hamda Xitoy Taypeyi bilan kuch sinashadi.  

Shuningdek, "B" guruhidan Eron, Vetnam, Hong Kong va Filippin termalari joy oldi. "C" guruhiga esa Tailand, Yaponiya, Indoneziya va Bahrayn terma jamoalari joylashdi.  

Osiyo kubogi 7–18 may kunlari Xitoyda o‘tkaziladi va joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Filippinda bo‘lib o‘tadigan ayollar futzali bo‘yicha ilk Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 3 ta jamoasi tarixiy mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA