Futzalchilarimizning alamli mag‘lubiyati
FOTOREPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi “Humo Arena”da futzal bo‘yicha jahon chempionatining “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuv raqiblar foydasiga hal bo‘ldi: O‘zbekiston Paragvay-1:4.
Gollarga H.Nishonov 35, X.Espinoza 16, A.Baez 17, F.Martines 24, X.Salas 26 mualliflik qildi.
[gallery-19314]
Futzalchilarimiz qancha harakat qilmasin mag‘lubiyatdan qochib ketolmadi. Ketma-ket qilingan xatolar raqiblar foydasiga ishladi.
Guruhdan qaysi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olishi navbatdagi - 3-turda hal bo‘ladi. Terma jamoamiz 20 sentyabr kuni o‘tadigan so‘ngi tur o‘yinida Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA