Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimizni muhim sinov kutmoqda
10:19 / 2026-02-03

Indoneziya mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida bugun, 3 fevral kuni chorak final bosqichidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqichning markaziy o‘yini O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv, deya e’tirof etilmoqda. Jakarta jahridagi xalqaro velodrom majmuasida o‘tadigan uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 11:00 da start oladi.  Agarda futzalchilarimiz mazkur o‘yinda muhim g‘alabani qo‘lga kirita olsa, yarim finalda Iroq – Tailand o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi 5 fevral kuni bahs olib boradi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, O‘zbekiston va Eron terma jamoalari shu kunga qadar rasmiy musobaqalarda jami 14 marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, ilk marotaba jamoalar 2000 yilda, so‘nggi bora esa 2024 yili raqobatlashgan. Afsuski, o‘tgan barcha uchrashuvlarda eronlik futzalchilarning qo‘li baland kelgan.

Davoqe, bugun Osiyo kubogi doirasida Iroq – Tailand (13:00), Yaponiya – Afg‘oniston (15:00) va Indoneziya – Vetnam (17:00) terma jamoalari o‘rtasida bellashuvlarga guvoh bo‘lamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA