Futzalchilarimiz Yaponiya jamoasi bilan kuch sinashadi
Ertaga poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 15 sentyabr kuni mazkur o‘yinda ishtirok etadigan Yaponiya terma jamoasi a’zolari Toshkentga yetib keldi.
Joriy yilning 20-24 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan "Osiyo kubogi-2026" saralash bahslariga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lgan O‘zbekiston-Yaponiya futzal terma jamoalari o‘yini ertaga soat 17.00 da boshlanadi.
Aytish lozim, "Osiyo kubogi – 2026" saralash bosqichida mamlakatimiz futzal jamoasi “F” guruhida Qirg‘iziston, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Bosh murabbiy Nodir Eliboyevning bildirishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertangi o‘rtoqlik o‘yiniga munosib hozirlik ko‘rdi.
Hamyurtlarimiz 18 sentyabr kuni Bishkekka yo‘l oladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA