Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz Qozog‘iston jamoasini mag‘lub etdi
10:47 / 2025-10-17

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida O‘zbekiston va Qozog‘iston futzal terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘rtoqlik o‘yini maqomida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, murosasizligi bilan ajralib turdi. Bu o‘yin natijasida ham o‘z aksini topdi.

Yevropaning top jamoalaridan biri sanalgan, hozirda jahon reyting jadvalida 7-o‘rindan joy olgan Qozog‘iston milliy terma jamoasi Toshkentga faqat g‘alaba umidida kelganini ilk bo‘limdayoq namoyon etishga harakat qildi. Biroq, ularning kombinatsion harakatlarini futzalchilarimiz bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘shni davlat futzalchilarining hujumkor o‘yinlarini bartaraf etgan hamyurtlarimiz 13-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim 21-daqiqasida qozog‘istonliklar O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga javob to‘pini kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida terma jamoamiz a’zosi Elbek To‘lqinov tomonidan kiritilgan gol hamyurtlarimizga g‘alaba taqdim etdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA