Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz Osiyo chempionatiga boradi
12:11 / 2017-10-17

Eronda davom etayotgan futzal bo‘yicha 2018-yili Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichi o‘yinlarining ikkinchi turida O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari maydonga tushdi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining “A” guruhidagi ushbu uchrashuvda futzalchilarimiz raqiblarini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Farhod Abdumavlonov, Ilhom Hamroyev, Artur Yunusov, Davron Choriyev mualliflik qildi.

Shuningdek, ikkinchi turda qirg‘izistonlik futzalchilar Nepal terma jamoasini 5:0 hisobida yengdi. Shu tariqa o‘z guruhida ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari muddatidan avval Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘l oldi.

Bugun, 17-oktabr kuni musobaqaning uchinchi turida O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.