French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi
16:29 / 2026-01-30

Indoneziyada futzal bo‘yicha XVII Osiyo kubogining ikkinchi tur doirasida “S” guruhidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi raqobatlashdi.

Ushbu uchrashuvda futzalchilarimiz 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolar sonini 4 taga yetkazib oldi. O‘yindagi terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev va Muzaffar Ahadjonov mualliflik qildi.

1 fevral kuni guruh bosqichining 3-turida futzalchilarimiz Yaponiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Bahs mamlakatimiz vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA