Futzalchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida boshlangan Osiyo chempionatida dastlabki uchrashuvni o‘tkazadi.
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida boshlangan Osiyo chempionatida dastlabki uchrashuvni o‘tkazadi.Chempionatning “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston dastlabki o‘yinda Janubiy Koreya bilan raqobatlashadi. Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi terma jamoamiz a’zolari mazkur uchrashuvda ko‘k rangli, koreyaliklar esa oq rangli libosda o‘ynaydi.
“University of Taipei Gymnatsium” sport saroyida o‘tkaziladigan ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 13:30da boshlanadi.
Shuningdek, guruh bahslarining ikkinchi o‘yinda Yaponiya va Tojikiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Bu uchrashuv esa 16:00 da o‘tkaziladi.