Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz ikkinchi uchrashuvda ham zafar quchdi
17:23 / 2025-09-22

Qit’amizning turli mamlakatlarida futzal bo‘yicha "Osiyo kubogi-2026" musobaqasiga yo‘llanma beruvchi saralash bahslarida 2-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur saralash bosqichining “F” guruhida O‘zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi turda Sharqiy Timor jamoasiga qarshi o‘ynadi. Bishkekda o‘tgan ushbu o‘yinda termamiz 7:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. Endi futzalchilarimiz 24 sentyabr kuni mezbon - Qirg‘iziston terma jamoasi bilan raqobatlashadi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhdagi ikkinchi bahs Qirg‘iziston – Falastin terma jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi. O‘yin mamlakatimiz vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA