English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz bugun Rossiya bilan o‘ynaydi
12:25 / 2025-12-21

Bugun, 21 dekabr kuni O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi Buxoro shahrida Rossiya terma jamoasiga qarshi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsi tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yopiq tarzda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyaga qarshi ilk 0:2 hisobida ortda qolayotgan bir vaziyatda ajoyib kambek namoyish etib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA