Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzalchilarimiz bugun Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi
09:51 / 2026-01-28

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda.

Bugun, 28 yanvar kuni mazkur musobaqaning “S” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston termasi bilan raqobatlashadi. Uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Shuningdek, ushbu guruhda Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Darvoqe, kuni kecha  “A” guruhida Indoneziya 5:0 hisobida Janubiy Koreyani taslim etgan bo‘lsa, Iroq va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘yin 4:2 hisobida yakunlandi.

“B” guruhida esa Tailand 2:0 hisobida Livandan ustun keldi. Vetnam hamda Quvayt o‘rtasidagi o‘yinda 5:4 hisobi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, XVII Osiyo kubogi final bosqichi bahslari 7 fevral kuniga qadar davom etadi.

J.Toshxo‘jayev,

O‘zA