Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTZAL: Yangi avlod kerakka o‘xshaydi
16:45 / 2018-08-08

Indoneziyada klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olmaliqning AGMK jamoasi muxlis va mutaxassislar ishonchini oqlay olmadi.

Indoneziyada klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olmaliqning AGMK jamoasi muxlis va mutaxassislar ishonchini oqlay olmadi.

Aleksandr Petrov ustozligidagi tajribali va mahoratli deb bilgan futzalchilarimiz o‘z guruhida Eron, Livan va hatto qo‘shni Tojikiston vakillariga ham imkoniyatni boy berib, guruhda so‘nggi pog‘onani egalladi.

Tarkibi mamlakat terma jamoasining sobiq a’zolaridan tuzilgan, mamlakatimizning ikki karra va amaldagi chempioni AGMK avvaliga Livanning “Bank Beyrut” (1:4), keyin Eronning “Mes Sungun” (1:9) va yakunda Tojikistonning “Sipar” (1:2) jamoasiga yutqazib qo‘ydi. 

Ushbu musobaqada uchinchi marotaba ishtirok etayotgan AGMK jamoasining asosiy beshligini futzalda ancha yillardan buyon o‘ynab kelayotgan yigitlar tashkil etishadi. To‘g‘ri, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Rustam Umarov, Konstantin Sviridov kabi o‘yinchilar shu sohaning yetakchilari, tajribalari talaygina, ammo ularning ham yoshi o‘tayapti, o‘z o‘rinlarini chaqqon, g‘alabaga shijoati baland, chayir yigitlarga – yangi avlod vakillariga bo‘shatib berish davri kelganga o‘xshaydi. Aks holda Livan yoki Eronni qo‘ya turaylik, yigirma yildan buyon o‘zaro o‘yinlarda hamisha ustunlikka erishib kelganimiz tojikistonliklarga yengilmagan bo‘lardik...