Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: “UTSAL AWARDS – 2025” sovrindorlari taqdirlandi
09:19 / 2025-12-28

Poytaxtimizda O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “UTSAL AWARDS – 2025” tadbirida yil yakunlari sarhisobi qilinib, munosiblar taqdirlandi.

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar, o‘zbek futboli rivojiga munosib hissa qo‘shgan Birodar Abduraimov kabi  futbolimiz faxriylari, mutaxassislar o‘tayotgan yil nafaqat futbol, balki futzal uchun ham har jihatdan muvaffaqiyatli kechganini ta’kidladi.

Bu, mamlakat miqyosidagi chempionatlar va kubok bahslarining tizimli tarzda tashkil etilganida, hududlarda futzalga e’tibor ortganida, muxlislarning o‘yinlarga tashrifida, xalqaro hamkorlik aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilganida, terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda munosib qatnasha boshlaganida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Marosimda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani alohida qayd etildi.

O‘zbek futzali nafaqat Osiyoda, balki jahon futzalida ham o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lib borayotgani, bu yutuqlarda futzal jamoatchiligi, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislarning hissasi katta bo‘lgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng yil laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mutaxassis va belgilangan hay’at a’zolarining ovoz berishi natijasida Muzaffar Axadjonov (BMB) "Yilning eng yaxshi futzalchisi”, Fuzuliy Xayrulloyev (Oil Star) "Yilning eng yaxshi murabbiyi”, deb topildi. Shuningdek, yana 7 ta nominatsiya sovrindorlari maxsus mukofotlarga loyiq ko‘rildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA