French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Toshkent jamoasi "Oil Star"ga yaqinlasha oladimi?
10:29 / 2026-01-12

Bugun, 12 yanvar kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha o‘tayotgan Oliy liga bahslari 7-turida Toshkentning SQB jamoasi Buxoroning "Oil Star" futzalchilari bilan raqobatlashadi.

O‘tayotgan 7-tur o‘yinlarida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Jizzaxning "BMB PFC" jamoasi 50 ochko bilan yakka peshqadamga aylangan bo‘lsa, 2-o‘rinda borayotgan "Oil Star" turning 10 yanvar kuni o‘tgan to‘rtinchi kungi o‘yinida “Surxon”ni 1:3 hisobida dog‘da qoldirib, ochkolari sonini 44 taga yetkazib oldi.

[gallery-27062]

Bugun Oliy ligada 42 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgan SQB jamoasi "BMB PFC" bilan kuch sinashadi. Ushbu qarama-qarshilikda poytaxtliklarga omad kulib boqsa, jadvalning ikkinchi pog‘onasidagi "Oil Star"ga kuchli raqobat hosil qilishga yaqinlashishi mumkin bo‘ladi. Kun davomida, shuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Qarshining "Nasaf" jamoasiga, Olmaliqning OKMK jamoasi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Aytish lozim, kecha 11 yanvar kuni tashkil etilgan beshinchi kungi o‘yinda SQB jamoasi OKMK bilan (1:1) murosa yo‘lini tanladi. Samarqandning “Dinamo” jamoasi “Lokomotiv” vakillariga 2:4, Qarshining “Nasaf” jamoasi Jizzaxning "BMB PFC" futzalchilariga 3:7 ko‘rinishida mag‘lub bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, A.Mamadaminov (surat),  

O‘zA