Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FUTZAL: Terma jamoamiz Toshkentda amaldagi Jahon chempioniga qarshi maydonga tushadi
12:00 / 2021-01-27

Bahodir Ahmedov ustozligidagi futzal terma jamoamiz 2-3 fevral kunlari poytaxtdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida futzal bo‘yicha amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi bilan ikki bor xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mazkur bahsga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi 28 yanvardan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Delegatsiya tarkibida 18 nafar futzalchisi bo‘lgan Argentina termasi esa Toshkentga 30 yanvar kuni yetib keladi. Ikkala o‘yin ham soat 18.30da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, argentinaliklar 2016 yili Kolumbiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida birinchi bor oltin medalni qo‘lga kiritishgan. Ular hal qiluvchi final bahsida Rossiya termasini 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Chempionatning yaxshi darvozaboni Nikolas Sarmiyento hamda eng yaxshi o‘yinchisi Fernando Vilgelm ham aynan argentinaliklardan bo‘lgan. Ushbu mundialda qit’amiz vakili Eron termasi osiyoliklarning Jahon chempionatidagi ilk sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritgan – uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda qit’adoshlarimiz Portugaliya termasini penaltilar evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Avvalgi yettita Jahon chempionatining barida medallarga sazovor bo‘lgan (5ta oltin, 1tadan kumush va bronza) Braziliya termasi esa bu gal sovrinlardan quruq qoldi. Kolumbiya mundiali o‘zbekistonlik futbolsevarlar uchun ham yodda qolgan. Sababi, yurtdoshlarimiz aynan shu Jahon chempionatida ilk bor ko‘rinish bergan. Toshkentda o‘tgan qit’a chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab, yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatida esa futzalchilarimiz «A» guruhida Panama (1:3) va Portugaliya (1:5)ga imkoniyatlarni boy bergan holda, musobaqa mezbonlari bilan durang o‘ynagan – 3:3...

Jahon chempionlariga qarshi maydonga tushishga tayyorgarlik ko‘radigan terma jamoamiz tarkibi:

Darvozabonlar

Rustam Umarov AGMK

Ravshan Eliboyev «Paxtakor»

Abbos Elmurodov «Xuaxin Jizzax»

O‘yinchilar

Anasxon Rahmatov AGMK

Ilhom Hamroyev AGMK

Husniddin Nishonov AGMK

Davron Choriyev AGMK

Abdulla Solihov AGMK

Ixtiyor Ropiyev AGMK

Mashrab Odilov «Paxtakor»

Avazbek Abduvaliyev «Paxtakor»

Akbar Usmonov «Paxtakor»

Sunnat Jo‘rayev «Paxtakor»

Dilmurod Shavkatov «Paxtakor»

Dilshod Rahmatov «Xuaxin Jizzax»

Shahzodjon Sa’diyev «Xuaxin Jizzax»

Davlat Ibrohimov «Xuaxin Jizzax»

Xushnur Erkinov «Metallurg»

Javlon Anorov «Maksam-Chirchiq»

Elbek To‘lqinov «Maksam-Chirchiq»