English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: O‘zbekiston Quvayt jamoasini o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub etdi
10:57 / 2026-01-17

"Osiyo kubogi-2026" musobaqasi oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashayotgan futzal bo‘yicha milliy terma jamoamiz Kuvayt termasiga qarshi birinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Yopiq eshiklar ortida kechgan bahsda O‘zbekiston futzalchilari 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Quvayt darvozasiga Elbek To‘lqinov, Sunnatilla Jo‘rayev, Ixtiyor Ropiyev kiritgan gollar hamyurtlarimizga muvaffaqiyat keltirdi.

Navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini ertaga, 18 yanvar kuni tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA