Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: O‘zbekiston kubogi bahslariga qur’a tashlandi
17:29 / 2025-02-28

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a quyidagicha ko‘rinish oldi: 

"A" guruhi: BMB, "Jizzax", “Paxtakor", "Guliston", 

"B" guruhi: "Oil star", "Bunyodkor", "Maksam-Chirchiq", "Neftchi", 

"C" guruhi: OKMK, "Surxon", "Qizilqum", DHL, 

"D" guruhi: "Lokomotiv", "Dinamo", "Nasaf", SQB.

Aytish lozim, joriy yilning 9 martidan boshlanadigan mamlakat kubogi o‘yinlarining final uchrashuvi 2 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi mamlakat kubogi bahslarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritadigan jamoalarning mukofot pullari miqdorini ham e’lon qildi.

Unga ko‘ra, musobaqa yarim finalchilari 50 million, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan jamoa 100 million so‘m mukofot pullari bilan taqdirlanadi. 

O‘zbekiston kubogida g‘olib chiqqan jamoa 200 million so‘m mukofot puliga musharraf bo‘ladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA