Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida Qirg‘iziston o‘smirlar terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Mazkur o‘yin joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Dilshod Rahmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligini optimal holatga olib chiqishni nazarda tutgan o‘rtoqlik nazorat o‘yinining ikkinchi bosqichi 21 oktyabr kuni tashkil etiladi. Raqibimiz yana Qirg‘iziston vakillari bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Bahraynning Manama shahrida o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining futzal bahslari 23-30 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal jamoasi “A” guruhida Afg‘oniston, Bahrayn va Xitoy jamoalari bilan joy olgan.
Hamyurtlarimiz 24 oktyabr kuni Afg‘oniston jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA