Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi
14:20 / 2025-06-26

Bugun, 26 iyun kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahrida joylashgan shtab-kvartirasida "Osiyo kubogi-2026" musobaqasi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qit’a futzalining yetakchilari qatorida O‘zbekiston futzal federatsiyasi vakillari ishtirokida o‘tgan marosimda milliy terma jamoamiz Eron, Tailand, Yaponiya, Vetnam, Afg‘oniston, Kuvayt va Iroq termalari bilan 1-savatdan joy olgan edi.

Aytish lozim, qur’a jarayoni ishtirokchi mamlakatlarning joriy yil 4 apreldagi FIFA reyting ko‘rsatkichlari asosida o‘tkaziladi. 31 ta jamoa 8 ta guruhga taqsimlanadi. 7 ta guruhda 4 tadan, 1 ta guruhda 3 ta jamoa. Saralash o‘yinlarida guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda ikkinchi o‘rinni band etgan jamoalarning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yettitasi final bosqichiga yo‘llanma olishadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "F" guruhidan joy egalladi va Qirg‘iziston, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, turnir joriy yilning 16 — 24 sentyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA