Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Oliy liga jamoalari 9-turni yakunladi
20:12 / 2022-03-15

Jizzax shahrida futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasidan o‘rin olgan 12 jamoa Jizzax shahrida 9-tur uchrashuvlarni o‘tkazayotgani haqida avval xabar qilgan edik. «So‘g‘diyona» sport majmuasida o‘tgan 9-turning barcha – 18 bahsi nihoyasiga yetdi.

2-guruh uchrashuvlarining barcha uchrashuvini g‘alaba bilan yakunlagan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi ochkolari sonini 55 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

2-guruh jamoalari o‘rtasidagi 9-turning o‘tgan 9 ta bahsida quyidagi natijalar qayd etildi. 9-turning 1-bahslari: «Dinamo» (Samarqand) – «Maksam-Chirchiq» (Chirchiq) – 1:4, «Paxtakor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 2:0, «Stroitel-Zarafshon»(Navoiy) –«Metallurg» (Bekobod) – 6:7.

2-bahslar: «Stroitel-Zarafshon» — «Navbahor»— 2:8, «Paxtakor» — «Maksam-Chirchiq» — 3:2, «Dinamo» — «Metallurg» — 2:1.

3-bahslar: «Stroitel-Zarafshon» — «Maksam-Chirchiq»— 2:9, «Paxtakor» — «Metallurg» — 4:3, «Dinamo» — «Navbahor»— 1:1.

A.Qayumov, O‘zA