Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Oliy liga debyutanti – chempionlik sari dadil odimlamoqda
16:36 / 2023-04-03

Joriy yilning 31 mart kunidan buyon futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy liga jamoalari bahslarining 8-tur uchrashuvlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu chempionatda odatdagidek, 12 futzal jamoasi 2 guruhga bo‘lingan holda O‘zbekiston chempionligi uchun qizg‘in bahs olib bormoqda.

8-turning birinchi kunida O‘zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi Jizzaxning “Jizzax Kenteks” klubi Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan 5:3 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, oliyliga “debyutant”i Toshkent shahrining BMB klubi hamshaharlari “Bunyodkor” futzalchilarini 5:0 hisobida taslim etdi. Shu kungi bahsda Olmaliqning OKMK jamoasi Namanganning “Navbahor” klubi daovozasiga 11 ta gol kiritib o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi, OKMK – “Navbahor” – 11:3.  

Turning 2-kungi o‘yinlarida “Navbahor” – “Jizzax-Kenteks” o‘yinida 2:6, “Metallurg” – BMB – 0:13 hamda “Bunyodkor” – OKMK – 2:6 hisoblari qayd etildi.  

Birinchi guruh jamoalari o‘rtasidagi 8-turning 3-kungi o‘yinlarida ham o‘yinda “rasmiy mehmon” sifatida qayd etilgan, turnir jadvalida kuchli uchlikda borayotgan futzal jamoalarining qo‘li baland keldi. “Bunyodkor” – “Jizzax Kenteks” – 4:5, “Navbahor” – BMB – 1:8 va “Metallurg” – OKMK – 2:7.

Futzal bo‘yicha mamlakat chempionati oliy ligasining qolgan 6 jamoasi 8-tur uchrashuvlarini bugun boshlaydi.

Hozircha o‘tkazilgan 8 turdan so‘ng, oliy liga “debyutant”i Toshkentning BMB klubi chempionlik sari dadil odimlamoqda, poytaxtliklar o‘tkazilgan uchrashuvlardan 58 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Turnir jadvalida 2-pog‘onada borayotgan Jizzaxning “Jizzax Kenteks” futzalchilari hisobida 53 ochko mavjud. Kuchli uchlikka 50 ochko bilan Olmaliqning OKMK jamoasi yakun yasab turibdi.

A.QAYUMOV, O‘zA