Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futzal: Oliy liga bahslarida 3-tur uchrashuvlari yakunlandi
09:17 / 2025-10-14

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 3-tur uchrashuvlariga Jizzax shahri mezbonlik qildi. Ushbu turning so‘nggi kunida 3 ta o‘yin o‘tkazildi.

Mazkur bahslarda “Maksam-Chirchiq” 3:1 hisobida “Qizilqum” klubini yenggan bo‘lsa, “Oil star” 7:0 hisobida “Surxon” jamoasini taslim qildi. “Bunyodkor” va “Neftchi” klublari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Shu tariqa, o‘tgan 3 ta tur mobaynida Oliy liganing 12 ta jamoasi 9 ta o‘yin o‘tkazdi.  

Qayd etilgan natijalar yakuniga ko‘ra, “BMB” jamoasi 25 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamga aylandi. OKMK esa 24 ochko bilan ikkinchi, “Oil star” esa 20 ochko to‘plab, uchinchi pog‘onadan joy oldi. “SQB” jamoasi ochkolarini 19 taga yetkazgan holda 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, “Nasaf” 15 ochko bilan kuchli beshlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, “Dinamo”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari bir xil - 13 ochkoni qo‘lga kiritib, 6-8 o‘rinlarni band etdi. “Maksam-Chirchiq” 6, “Neftchi” 5, “Surxon” 3 va “Qizilqum” 1 ochko bilan quyi o‘rinlarda qayd etildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA