Ertaga, 7 yanvar kuni poytaxtimizda futzal bo‘yicha Oliy liga bahslarining 7-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘yinlari boshlanishi oldidan jamoa rahbarlari, o‘yinlarni boshqarib boradigan hakamlar, texnik qo‘mita vakillari ishtirokida yig‘inlar o‘tkaziladi.

7-tur uchrashuvlarida muxlislarni bir qator markaziy va murosasiz bahslar kutib turibdi. Musobaqa jadvalining yuqori pog‘onalarida borayotgan jamoalar uchun ham, autsayderlar safidagi klublar uchun ham olti ochkolik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.
Yangi yilning dastlabki tur o‘yinlarining birinchi kungi musobaqalarida Termizning "Surxon" jamoasi "Maksam Chirchiq" bilan, "Oil Star" “Neftchi” bilan, "Qizilqum" "Bunyodkor" bilan to‘qnash keladi.

Ortda qolgan 6-tur o‘yinlaridan keyin “BMB” futzalchilari 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi pog‘onalardan joy olgan OKMK va SQB hisobida 35 ochko mavjud.
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida start oladigan Oliy liganing 7-tur o‘yinlari 12 yanvarga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA