Futzal: Milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi xabariga ko‘ra, ispaniyalik taniqli futzal mutaxassisi Xose Mariya Mendes milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Mendes 2011–2012 hamda 2014–2017-yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan. Uning rahbarligida terma jamoamiz 2016-yilgi Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan.
2008–2009-yillarda Tailand, 2010-yili Vetnam milliy terma jamoasini boshqargan 52 yoshli Xose Mariya Pazos Mendes murabbiylik faoliyati davomida Ispaniyaning “Lugo”, “Autos Lobelle” Melilya”, “Valensiya”, Xorvatiyaning “Orkan”, “Barsel” jamoalarida ish olib borgan.
2019–2026-yillar davomida Tailandda, 2023-yilda qisqa muddat Xitoyning "Shenzen" jamoasini boshqargan Xose Mariya Mendes murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vitse-chempioni, klublar o‘rtasida Osiyo chempionati hamda qit’a kubok egalari kubogi sovrinini qo‘lga kiritgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA